Loyihalar

"Xavfsiz yordam" loyihasi sarhisobi: 5000 dona kartalar mamlakatning barcha viloyatlaridagi muhtoj ayollarga topshirildi

"Xavfsiz yordam" loyihasi natijasida O'zbekistonning barcha viloyatlaridan moliyaviy yordamga muhtoj bo'lgan ayollarga 1 000 000 so'mlik mablag'i yuklangan 5 000 dona kartalar tarqatiildi.

Eslatib o'tamiz, "Zamin" xalqaro jamoat fondi o'z loyihalari mablag'larining bir qismini, juda og'ir vaziyatlarda muhtoj ayollar va oilalarni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirdi.

Muhtojlarga yordam ko'rsatishda imkoniyatini taqdim etgani uchun loyihaga minnatdorchilik bildiramiz. Quyidagi hamkorlarimizga tashakkurimizni yetkazamiz:

— Ichki ishlar vazirligi
— Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi
— AT "Aloqabank"
— ATB "Kapitalbank"
— YUPM "Uzcard"