Yangiliklar

“Zamin” fondi va YUNISЕF tomonidan Butunjahon bolalar kuniga bag‘ishlab gibrid formatda “Bolalarning sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi

“Zamin” fondi va YUNISЕF tomonidan Butunjahon bolalar kuniga bag‘ishlab gibrid formatda “Bolalarning sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.

Forumda “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

— O‘zbekistonning Bolalar, yoshlar hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish harakatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga qo‘shilganini chin dildan olqishlaymiz. Bu muhim qadam, mamlakatimiz bolalarning tom ma’noda hayoti uchun, yorqin kelajagi uchun kurashishga sodiqligining belgisi. Sog‘lom sayyora, toza havo, xavfsiz muhit. Aynan shular bolalarning voqeligiga aylanishi shart. Biz  shunchaki qarab tura olmaymiz. Har birimizning hissamiz, tabiat uchun qilgan har bir harakatimiz barqaror atrof-muhitga erishish yo‘lida muhim o‘rin tutadi. Faqatgina birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va aniq amallarimiz bilan ushbu maqsadga erishishimiz mumkin, - dedi Ziroat Mirziyoyeva.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston MDH hududida ushbu deklaratsiyaga qo‘shilgan birinchi davlat bo‘ldi. Tadbirda BMT agentliklari rahbarlari, davlat tuzilmalari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xorijiy jamoat fondlari, O‘zbekistondagi diplomatik korpus va milliy muassasalar vakillari ishtirok etdi.

Forum qonunchilik asoslarini takomillashtirish orqali ekologik muammo va tahdidlarning oldini olish bo‘yicha global va milliy miqyosda amalga oshirilayotgan harakatlar yuzasidan amaliy fikr almashish uchun samarali maydon bo‘ldi.

#Iqlim_ozgardi_biz_ham_ozgarishimiz_shart
#Climate_changed_and_we_have_to
#Климат_изменился_и_мы_должны