Yangiliklar

“Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalariga qabul o‘tkazilmoqda

“Zamin Creative” ta'lim dasturi aktyorlik mahorati, Fashion Design va media savodxonlik sohalarida ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratilgan.

Shuningdek, Madina Qosimboyeva boshchiligida yangi etnodizayn kursi ham boshlanmoqda, u bolalarga so‘zana kashtachiligini o‘rganish imkonini beradi.

15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar tanlov asosida “Zamin Creative” ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.

Ro‘yxatdan 7 sentyabrga qadar bu yerda o‘tish mumkin.

“Zamin Creative” studiyalari Qarshi va Andijonda ham o‘z faoliyatini boshlamoqda.