Yangiliklar

"Yashil zamin" loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Aziz do‘stlar!

Ertaga Fondimiz "Yashil zamin" loyihasi doirasida Yangihayot tumanining 8-mavzesida daraxt va butalar ekishni rejalashtirgan.

Ekofaollar va ko‘ngillilar bilan birgalikda 2,6 gektar maydonda kashtan, eman, zarang, shumtol, hind sireni, lavanda va atirgullar ekiladi.

Tong soat 10 dan boshlab 332-sonli maktabda va shu yerda bo‘lamiz.

Bizga qo‘shiling!